Braziliyaning Rio-de-Janeyro şahrida boşlangan XXXI yozgi Olimpiya öyinlarining ikkinçi kuni mamlakatimiz dzyudo ustalari orasida Rişod Sobirov bahslarga kirişadi.
Oğirlik vazni 66 kg.gaça bölgan polvonlar bellaşuvida Vatanimiz şarafini himoya qiladigan tajribali sportçimiz dastlabki bosqiçda Belarus vakili Dmitriy Şerşangan qarşi bahs yuritadi.
Eslatib ötamiz, Rişod Sobirov 2008 yili Pekin (Xitoy)da, 2012 yili esa London (B.Britaniya)da bölib ötgan yozgi Olimpiya öyinlarida 60 kg. vazn toifasida bahs yuritib, har ikki musobaqada ham bronza medallariga sazovor bölgan.











