Apple'ning yangi smartfonlari taqdimoti yaqinlaşgan sari internetda tez-tez bölğusi yangi qurilmalarning surat va videolari paydo bölmoqda. Bularga işoniş yo işonmaslik foydalanuvçilarning öziga havola, albatta. Sönggi videomaterialda tomoşabinlar hukmiga biryöla 3 model taqdim qilinadi - iPhone 7, iPhone 7 Plus va iPhone 7 Pro. Namoyiş qilingan uçta qurilma amaldagi namunalar emas, bölğusi yangi smartfonlarning taşqi dizaynini körsatuvçi maketlar, xolos.
Videoda iPhone 7 va iPhone 7 Plus qurilmalari taşqi körinişidan faqat displey hajmi jihatidan farq qiladi, iPhone 7 Pro esa ikki modulli asosiy kamerasi bilan ajralib turadi. Apple haqiqatda bu uç qurilmani işlab çiqarişni yölga qöyadimi yoki yöq - hozirça noma'lum.
Taxminlarga köra, ikki modulli kameraning sozlamasidagi murakkabliklar iPhone 7 Pro qurilmasining bahosini tuşirib yuborişi mumkin, şunday bölgan taqdirda, korporatsiyaning qurilmani işlab çiqarişga sarflaydigan pullari özini oqlamaydi. Şunga qaramay, sentabr oyida iPhone'ning ikki odatiy modellari taqdimoti bölib ötişi aniq.
Ma'lumotlarga köra, iPhone 7 takomillaştirilgan Apple A10 çipi, avvalgi 16 Gb örniga 32 Gb içki xotira, LTE va Wi-Fi tezkor modullari, namlik va çangdan himoya bilan ta'minlangan. Quloqçinlar uçun 3,5 millimetrli darça yöq. Yangi qurilma taqdimoti an'analarga sodiq holda sentabr oyida ötkaziladi. Videoda körganlarimiz hayotda öz aksini topadimi yoki yöq - buni 6 sentabr kuni ötkaziladigan rasmiy taqdimot marosimida bilib olamiz.











