Mamlakatimiz  mustaqilligining 25 yilligi bayrami munosabati bilan aksiyadorlik tijorat “Qişloq quriliş bank” tomonidan yangi omonat turlari  joriy qilindi. 
Jumladan, bank mijozlarga milliy  valyutadagi muddatli “Mustaqil yurtim” omonatini taklif etmoqda. Mazkur omonat turiga mablağlar 3 oyga qabul qilinadi. Omonatga hisoblangan foizlar har oyda yoki omonat muddati tugagandan söng tölab beriladi.

Şuningdek, xorijiy valyutadagi muddatli “Komfort” omonati taqdim etilmoqda. Omonatga mablağlar AQŞ dollarida, 1 oy muddatga qabul qilinadi  va foizlar har oyda yoki omonat muddati tugagandan söng tölab beriladi. 

Bugungi kunda ATB  “Qişloq quriliş bank”  tizimida 33 dan ortiq omonat turlariga mablağlar jalb qilinmoqda. Jumladan, joriy  yilning birinçi yarim yilligi davomida bank tomonidan “Soğlom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi böyiça milliy valyutada muddatli “Yorqin kelajak”, “Soğlom avlod uçun”, şuningdek, milliy valyutada muddatli “Yuqori daromad”, “Omad”, milliy valyutada jamğarmali “Imkoniyat”, xorijiy valyutada muddatli “Kapital plyus”  kabi  yangi  jozibador omonat turlari joriy qilindi.
Şu bilan bir qatorda bank tomonidan aholiga keng qulaylik yaratiş maqsadida namunaviy uy-joylarni sotib oliş uçun boşlanğiç badalni yiğişda yordam beradigan qator omonat turlari ham joriy qilingan. Xususan, qişloq joylarda namunaviy loyihalar asosida qurilayotgan uy-joylar uçun dastlabki badallarni jamğariş maqsadida joriy qilingan “Qurilişga boşlanğiç badal”  omonatiga hisoblangan foizlar omonatçi talabiga köra “Qişloq quriliş invest” kompaniyasi hisobraqamiga yoki omonatçining talab qilib olingunça omonat hisobraqamiga köçiriladi. 
“Madad”  omonat turi  ham namunaviy uy olgan fuqarolar uçun  joriy  qilingan. Omonatçi öz pul mablağlarini şartnoma muddati tugagunga qadar şartnomada kelişilgan şartlar asosida omonat asosiy summasini naqd şaklda olişi, boşqa omonat turiga naqdsiz ravişda rasmiylaştirişi yoki uni boşqa bank muassasasiga ötkazişi mumkin. Uning yana bir afzalligi foizlar har oyda omonatçining  ipoteka  krediti  hamda foiz tölovlariga yönaltiriladi. 

Bankning malakali personali tomonidan körsatilayotgan sifatli xizmatlar mijozlar, xususan, omonatçilar sonining muttasil oşib borişini ta'minlamoqda. 2016 yil 1 avgust holatiga ATB “Qişloq quriliş bank”ning jami omonatçilari soni 75 ming nafardan oşdi va ularning bankdagi qöyilmalari (uy-joy mablağlarisiz) 201,9 mlrd. sömni  taşkil  qildi.
Bank tomonidan çakana xizmatlar bozoridagi faoliyatni doimiy kengaytirib boriş, mijozlarning bank faoliyatiga bölgan işonçini yanada mustahkamlaş çoralari körib kelinmoqda. Hozirda bankning jamğarma kassalarida omonatçilar bilan amaliyotlar bajarilişida, omonatçi bilan bank örtasida tuziladigan omonat şartnomalari, kirim va çiqim orderlari avtomatlaştirilgan tizim orqali çop etilişi, omonatçilarga omonat mablağlari töğrisida ma'lumot oliş imkoniyatini beradigan “sms-omonat” xizmati yölga qöyilgan bölib, bu orqali omonatçilarning vaqtlari tejaladi va ularga qöşimça qulayliklar yaratiladi.