Zamonaviy estradamizni afsonaviy “Aladdin” studiyasi, uning bitiruvçilari va tarbiyalanuvçilarisiz tasavvur qiliş qiyin. Ötgan yillar davomida 50 nafardan ortiq iştirokçilar turli Xalqaro va Respublika körik-tanlovlarida ğoliblikni qölga kiritişgan, olti nafar bitiruvçimiz bolalar estrada jamoalariga rahbarlik qilişmoqda. “Aladdin” ikki myuzikl – “Orzular oroli” va “Uyda yolğizlar”ni sahanalaştirdi. Şuningdek studiya şahar va respublika miqyosidagi turli bayram tantanalarida muntazam ravişda iştirok etib keladi. 

Bugungi kunda “Aladdin”da turli yoşdagi töqqiz guruh faoliyat olib boradi, ularda Toşkent şahrining 6 yoşdan 15 yoşgaça bölgan 100dan ortiq maktab öquvçilari şuğullanişadi. 
Kuz mavsumining ilk şanbasida Toşkentda Özbekiston mustaqilligining 25 yilligi va afsonaviy studiya yubileyiga bağişlangan “Olovuddin va uning döstlari” nomli konsert dasturi bölib ötadi. Tadbir çin ma'noda milliy tus oladi: konsertda taxminan ikki ming kişi bölişi rejalaştirilmoqda. Şou Alişer Navoiy nomidagi Kino saroyining Katta konsertlar zalida bölib ötadi.

Studiyaning yoş yulduzçalari sahnada yorqin liboslarda raqsbop musiqa sadolari ostida öz mahoratlarini namoyon qilişadi. Ularning beğuborligi va jozibasi  mehmonlar kayfiyatini kötarişi şubhasiz.

Saroy sahnasida yoş iste'dod egalari bilan bir qatorda taniqli yulduzlar ham iştirok etişadi. Kontsert taşkilotçilari konsertda iştirok etuvçi taniqli şaxslarga doir sirlarni oxirgaça oşkor qilişmadi. Hozirgaça bilganlarimiz – Mansur Toşmatov, Saida, Samandar, şuningdek KVN va Comedy.uz rezidentlari. 

3 sentabrda Alişer Navoiy nomidagi Kino saroyida bir olam qöşiq va raqsbop ohanglar yangraydi, ijodiy fantaziyalar, betaşviş öyin-kulgi va bolalarça beğuborlikni özida jamlagan ajoyib bayram şukuhi hukm suradi. 

Kontsert barça yoşdagi kişilar uçun töğri keladi! Şu bois bu dam oliş oqşomini döstlar va oila davrasida ötkaziş uçun ajoyib imkon, bolalar uçun esa öquv yili boşidagi takrorlanmas bayram tantanasi bölib qoladi!

Çiptalar narxi 15  000 sömdan 45 000 sömgaça. 

Kontsert rus va özbek tillarida ötkaziladi. Çiptalarni taşkilotçi saytida www.handsup.uz