AQŞ prezidenti Barak Obamaning tönğiç qizi Maliyaning ötgan oyda bölib ötgan Lollapalooza festivalida öralgan sigaret çekayotgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi. Bu haqida Mirror naşri ma'lum qildi.
Prezidentning 18 yoşli qizi ota-onasi iştirok etgan Demokratik partiya s'yezdida nima uçun qatnaşmagani endi ma'lum böldi - u ona şahri Çikagodagi festivalda iştirok etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video va suratlarda Maliyaning giyohvand modda çekkanligi aniqlangan. 18 yoşli Jyerrdin Seluin AQŞ saytlaridan biriga Obamaning qizi çekayotganligi aks etgan surat va videolarga ega ekanligi haqida ma'lum qilgan.
"Men Maliyani giyohvand modda çekayotganiga guvoh böldim. Buni isbotlaş uçun dalillarim ham bor. Marixuananing hidi şundoqqina dimoqqa urilardi", - deya ta'kidladi Seluin.
Agar guvohning gaplari rost bölsa, bu Obamalar oilasidagi birinçi bunday holat emas. Barak Obama ham yoşligida marixuana çekkanini tan olgan va buning yaxşilikka olib kelmasligi haqida farzandlariga uqtirganini aytgan.
"Men qizlarimga buning yaxşilikka olib kelmasligini va vaqtni bekorga sarflaşdan boşqa narsa emasligini aytganman", - degan Obama.










