Turkiyadagi taniqli dam oliş maskanlaridan birida Qozoğiston davlat bayroği tufayli mojaro kelib çiqdi. Bu haqida Today.kz naşri ma'lum qildi. 

Kemerga hordiq oliş uçun taşrif buyurgan qozoğistonlik sayyohlar Bayan Muratov va Dmitriy Komov mehmonxonaga kiraverişda quyoş nurida rangi xira tortgan Qozoğiston Respublikasi bayroğini körib, ma'muriyatga öz noroziliklarini bildirişdi. 

Voqea Turkiyadagi Kimeros Park Holiday Village mehmonxonasida sodir bölgan.

6 avgust kuni mehmonxonaga kelgan va quyoşda rangi öçib ketgan bayroğini körgan ikki sayyohning jahli çiqib, memonxona ma'muriyatidan uni olib taşlaşni yoki yangisiga almaştirişni talab qilgan. Uç kun ötsa hamki, bayroq özgartirilmagan.  Yana ma'muriyatga kirişganida esa, bunga javoban "mehmonxonada osilgan barça bayroqlar bir mavsumda sotib olingan" degan javobni eşitişgan. Biroq ob-havo şaroitlari tufayli ularning ba'zilari yaroqsiz holga kelib qolganligi aytilgan. 

Röy bergan voqea yuzasidan Kemeros Park Holiday Village oteliga murojaat qilgan Today.kz naşriga Qozoğiston bayroği bilan boğliq mojaroning haqiqatda sodir bölganligi tasdiqlandi. Mehmonxona xodimlarining sözlariga köra, bunga yoz mavsumidagi 50 darajadan ortiq issiq harorat sabab bölgan. 

"Kemerda Qozoğiston bayroğini sotib oliş oson iş emas - bu boşqa davlat. Bayroqlar duç kelgan joyda sotilmaydi, axir. Bayroqni buyurtma qilib, bizga yetkazib berilgunga qadar vaqt talab qilinadi. Odatda bunga ikki kun kerak böladi. Bugun buyurtma qilamiz, ertaga yangi bayroqni keltirib berişadi", - deya ma'lum qildi mehmonxonaning mijozlar bilan işlaş bölimi menejyeri Yekaterina Ustinskix. Menejyer bu voqeani xorijiy sayyohlarga nisbatan hurmatsizlik sifatida baholamaslikni söradi.