Zamonaviy dunyoda turli buyumlar köpayib borayotgani barobarida hissiyotlar kamayib bormoqda. Ayniqsa, bu turli bayramlarda yaqqol namoyon böladi. Hadya qilingan qutini oçar ekansan, yuraging ortga tortganini his qilasan…

Albatta, sovğa hadya qilinar ekan, - bunda birinçi navbatda e'tibor hisobga olinadi, ammo hadya oluvçining taassuroti ham muhimligini unutmaslik lozim. 

Xöş, yaqin döstlar, qarindoşlar, döstlar, hamkasblar va hamkorlaringizga nimani hadya qilgan ma'qul? Qanday qilib, bir hadya bilan ham taassurot uyğotiş, ham yaqin kişingizning könglini ovlaş?

Aytiş mumkinki, ayrim hollarda birgina sovğa oliş uçun uzoq öylanamiz! Ba'zan, muhim sanalarni unutib, noqulay vaziyatga ham tuşib qolamiz. Ammo, endilikda, siz vPodarok.uz loyihasi bilan bu kabi muammolardan qutuliş bir yoqda tursin, ortiqça daxmazadan xalos böliş imkoniyatiga egasiz. 

vPodarok.uz kompaniyasining sovğasi – bu ajoyib qutiga joylangan sehrli sertifikat bölib, uzoq vaqt yodda qoladigan yorqin hislar va saodatli onlarni taqdim etadi.

Kompaniya tomonidan körsatiladigan xizmatlar qamrovi ham juda kengdir. Fotosessiyalar va havo şaridagi parvozlar, otli sayr va şahar taşqarisidagi ovlar, SPA-salonlaridagi dam olişdan tortib, turli kvestlar, har xil mavzudagi qiziqarli mahorat darslari..., bu röyxatni uzoq davom ettiriş mumkin, çunki bugungi kunda kompaniya tomonidan 400dan ortiq sovğalar taklif etilmoqda. 
Ammo, şoşilmang, hali bu barçasi emas. Bozorda yangi xizmat va köngiloçar maşğulotlar paydo bölişi bilan röyxat ham kengaya boradi. Şunday qilib, ma'lum bir xizmat turi uçun sertifikatni hadya qilar ekansiz, aynan sizning sovğangiz noyob va yodda qolarli bölişiga işonçingiz komil bölişi mumkin. 

Şuning barobarida vPodarok.uz kompaniyasi mahsulotlari korporativ yönalişga ham mos kelib, nafaqat bir kişi, balki butun bir jamoaga ham taqdim etilişi mumkin. Misol uçun, jamoaviy peyntbol öyini, şahar taşqarisidagi dam oliş hududiga jamoa bilan safar qiliş, hamkasblar bilan birga bouling, karaoke va şu kabilarga boriş.

Qayd etiş joizki, mijozlarimizga qulaylik yaratiş maqsadida sovğa sertifikatlariga avvaldan buyurtma qabul qiliş ham yölga qöyilgan. Siz, kompaniyamiz vakili bilan boğlanib, kimga, qaçon, qanday hamya beriş lozimligini aytib qöysangiz kifoya. Belgilangan kunda, sovğangiz solingan antiqa quti öz egasiga, öz vaqtida topşiriladi. Siz ham, kimnidir tabriklaşni yoddan kötariş va xijolat böliş taşvişidan qutilasiz.