AQSh hukumati Zika virusiga qarsh kurashish uchun qo‘shimcha 81 million AQSh dollari yo‘naltiradi, deb xabar bermoqda Reuters.
AQSh sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat vaziri Silviya Beruell maktub yo‘llab, unda 34 mln dollar sog‘liqni saqlash milliy institutlariga, qolgan 47 mln dollar esa biotibbiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va virusga qarshi vaksina ishlab chiqish ishlari bilan shug‘ullanuvchi vakolatli organlarga berilishini ta'kidlab o‘tgan.














