AQŞ Markaziy qömondonligi 8-sentabr kuni Eronning beşta neft tankeriga zarba berilganini maʼlum qildi. CENTCOM bu haqda X ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasida xabar bergan.

Amerika qömondonligiga köra, operatsiya Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi sönggi ikki kun davomida AQŞ Harbiy-dengiz kuçlari kemasiga ikki marta ballistik raketalar bilan hujum qilişga uringanidan keyin ötkazilgan.

CENTCOM Amerika harbiy kemasi Eron tomonining hujumlaridan muvaffaqiyatli çetlangani va mintaqaviy suvlarda patrullikni davom ettirganini bildirdi. Hodisalar oqibatida AQŞ harbiy xizmatçilari orasida jabrlanganlar bölmagan.

Beşta tankerga zarba berilgan

AQŞ Markaziy qömondonligi maʼlumotiga köra, Ummon körfazida M/T Kaviz, M/T Charminar, M/T Horizon 1 va M/T Riesco tankerlariga zarba berilgan.

Yana bir - M/T Derya tankeri Fors körfazidagi Xark oroli yaqinida nişonga olingan.

CENTCOM taʼkidlaşiça, Amerika harbiylari zarba berişdan oldin kemalar ekipajlariga tankerlarni tark etiş böyiça körsatma bergan. Şundan söng kemalarga zarba berilib, ular işdan çiqarilgan.

AQŞ harbiylari uşbu tankerlar Eron Inqilob muhofizlari korpusi foydalanadigan köp milliard dollarlik «yaşirin» neft tarmoğining bir qismi bölganini daʼvo qilmoqda.

Vaşington talqiniga köra, mazkur tarmoq orqali olinadigan mablağlar Inqilob muhofizlari korpusi hamda uning mintaqadagi hamkor kuçlarini moliyalaştirişga yönaltirilgan.

CENTCOM bayonotida Tehron mazkur kemalarni Amerika harbiy harakatlaridan himoya qiliş imkoniyatiga ega emasligi ham taʼkidlangan.

5-sentabrda ham uçta tankerga zarba berilgan

Bu AQŞning sönggi kunlarda Eron neft tankerlariga qarşi amalga oşirgan birinçi operatsiyasi emas.

CENTCOM maʼlumotiga köra, 5-sentabr kuni ham Eronning uçta neft tankeri yöq qilingan. AQŞ tomoni bu zarbalar Eron Inqilob muhofizlari korpusining Amerika aviataşuvçisi va raketa esminetsiga hujum qilişga urinişidan keyin amalga oşirilganini bildirgan.

Şu tariqa, AQŞ harbiylari maʼlumotlaridan kelib çiqilsa, 5–8-sentabr oraliğida Eronga aloqador deb körsatilgan jami sakkizta neft tankeriga zarba berilgan.