Singapur boş vazirining turmuş örtoği Xo Çin AQŞning birinçi raqamli xonimi Mişel Obama bilan uçraşiş uçun Oq uyga jamoatçilikning e'tiborini tortgan antiqa sumka bilan taşrif buyurdi.
Gap oq rangli dinozavrlar aks etgan töq kök klatç haqida ketmoqda. OAVning ma'lum qilişiça, aksessuar bahosi atigi 11 dollar bölgan.
Xo Çin Oq uy uçun bejiz bu klatçni tanlamagan - uning dizaynini Singapurdagi Pathlight School maktabi (autizm kasalligiga çalingan bolalar maktabi) öquvçisi Sito Şeng Ji işlab çiqqan.
Xo Çinning dino-sumkali suratlari barça ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi, öquvçilarning ijod mahsullarini sotiş bilan şuğullanuvçi dökon esa şu darajada köp buyurtmalar oldiki, xaridorlar navbatga turişiga töğri keldi.
Şunisi diqqatga sazovorki, Mişel Obama uçraşuvga asli hind millatiga mansub amerikalik dizayner Nim Xon yaratgan yorqin sariq rangli köylakda kelgan.












