...“Qizil” yonişini kutsam, yana keç...”, – Doston öylab körişga ham ulgurmadi – katta tezlikda kelayotgan maşina uni öşa daqiqada urib yubordi... Qoçib ketdi! Doston esa yöl çetida qonga belanib yotganiça qoldi. 2 soat yotdi (sud tibbiy ekspertizasi xulosasi). Arang öziga keldi. Asfaltga boşi bilan tuşgani uçun miyasi çayqalgan, yuzi şilingan Doston şaharning gavjum mahallalaridan biri böylab uyiga bir amallab yetib keldi. “Öşa kunni heç qaçon unutolmasam kerak” – bir yil avval sodir bölgan bu maş'um voqeani eslar ekan Sanobar aya köziga yoş oladi...

Ha, afsuski, bu töqima voqea emas. Işoniş qançalik oğir bölmasin, kundalik turmuşimizdan olingan bu voqeada açinarli jihatlar köp. Sanobar ayani ham bu kabi savollar ançadan beri qiynaydi: “Doston 2 soat köçada qonga belanib yotdi. Nima uçun unga heç kim yordam bermadi? Juda bölmaganda “Tez yordam” çaqirtirişmadi?.. Ha, mayli, piyonista deb öylaşgandir. Lekin... piyonista ham odam-ku...”

Töğri, jamiyatda turli saviya, turli ma'naviyatli kişilar yaşaydi. Ular orasida har kuni mast ahvolda köçada sarson yuradiganlari, uyi yöq, yertölalarda, axlat uyumlari atrofida tirikçilik ilinjida quymalanuvçilar ham  yöq emas. Odatda ularni  odamlar yaxşi taniydi, ularning şundayligiga örganib ham qolişgan. Şunga qaramay kattalar bolalarga “anovi kişining oldiga yaqin borma, boşqa yöldan yur”, deb örgatişadi. Özlari uçun ehtiyot çoralarini körişadi. Biroq öşa  piyonista yordamga muxtoj bölsa-çi... Orasta kiyinib işga yöl olgan ziyoli kişining  yerda yotgan “piyonista” xolidan xabar olgisi keladimi? Axir, uning kiyimlari iflos... Haligi ziyolining başang körinişiga “qayerdagi bezori”ni örnidan turğazib, uyiga eltib qöyiş yaraşadimi? Agar öşa yer quçoqlab yotgan behuş odam öylaganimizday piyonista emas, balki biror kor-xol tufayli şu ahvolga tuşgan tuppa-tuzuk odam bölsa-çi?  Odamga odam yordam bermasa, unda kim ular haqida qayğuradi?

  Mohlaroyim QAYuMOVA