Bugun Rio-2016 Olimpiadasida boks böyiça 69 kg vazn toifasida hamyurtimiz Şahram Ğiyosov yarim finalda marokaşlik sportçi, amaldagi jahon çempioni bölmiş Muhammad Rabiyga qarşi ringga çiqdi.

3 raund davomida faol harakat qilgan özbekistonlik sportçi birinçi raundayoq raqibini nokdaun holatiga tuşirdi. Hakamlar 3 raundda ham uning ğalabasini qayd etişdi va Ğiyosov finalga çiqdi.

Hakamlarning baholari — 30:27, 30:27, 30:27.

Şahram öz ğalabasini yana Kriştianu Ronaldu uslubida nişonladi.

Uning finaldagi raqibi qozoğistonlik Daniyar Yelessunov va fransiyalik Sulaymon Diop Sissoko örtasida aniqlanadi.

Şahram Ğiyosov yarim final jangiga qadar ispaniyalik Yuba Sissoko, litvalik Eymantas Stanyonis va kubalik Ronel Iglesiasni turnirdan çiqarib yuborgandi.

U Özbekiston boks terma jamoasining final jangida iştirok etadigan ikkinçi vakili böldi. Oltin medal uçun jang 17 avgust kuni bölib ötadi.