Apple kompaniyasi Xitoyga investitsiyalar hajmini oşirmoqçi va Osiyo-Tinç okeani hududidagi birinçi tadqiqot va işlanmalar markazini qurmoqçi. Bu haqda kompaniya rahbari Tim Kuk ma'lum qildi.
Kuk bu haqda Xitoyga safari davomida ma'lum qildi. U Xitoyga oxirgi 4 oy içida ikkinçi marta taşrif buyurdi. Bu taşabbus kompaniyaning mahsulotlariga uşbu mintaqada talabning keskin tuşib ketgani bilan boğliq. Bundan taşqari, mahalliy hukumat xorijiy texnologiyalarga nisbatan juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bölmoqda.
Apple rahbari Xitoy boş vaziri örinbosari Çjan Gaoli bilan suhbatda yangi markaz joriy yil oxirigaça qurib bitkazilişini ta'kidlab ötgan. Unda xitoylik muhandislar işlaydi va bu mahalliy hamkorlar va universitetlar bilan aloqa örnatişga imkon beradi.











