AQŞ prezidentligiga respublikaçilar partiyasidan nomzod sanalgan Donald Trampning kampaniyasida prezident saylovlariga uç oydan kam vaqt qolganda özgarişlar amalga oşirildi. Bu haqida CNN naşri ma'lum qildi.
Tramp Breitbart News ijroçi raisi Stiv Bennonni boş ijroçi direktori va kampaniya katta maslahatçi Kellienn Konveyni kampaniya boşqaruvçisi etib tayinladi.
Tramp kampaniyasining raisi va boş strategi Pol Menefort kampaniya raisi lavozimida qoladigan böldi.
Manbaga köra, sönggi paytlarda kampaniyada Tramp va Menefordlarning örtasidagi munosabatlar yomonlaşgan. Biroq Kelienn Menefortning öz lavozimida qolişini tasdiqladi.
Tramp kampaniyadagi özgarişlar haqida söz yuritar ekan, "bu saylovlarda ğolib böliş uçun hamma narsa qilişga tayyor" ekanligini bildirdi.
"Men Stiv va Kellienni köp yillardan beri yaxşi bilaman. Ular qanday ğalaba qozoniş mumkinligini biladigan juda qobiliyatli va yuqori malakali kişilardir", - dedi Tramp. "Işonçim komilki, biz noyabrda bölib ötadigan saylovlarda Hillari Klinton ustidan ğalaba qozoniş uçun zarur bölgan bir neça iste'dodli, bilimli va tajribali kişilarni siyosat maydoniga olib kirdik va ular Amerikaning "buyuk davlat" degan maqomini tiklaş yölida mening qaraşlarimni siz bilan bölişişda davom etişadi".












