Yakunlanib borayotgan 20 avgust so‘ngida O‘zbekiston va jahonda yuz bergan eng asosiy hodisa va yangiliklar dayjesti.

Bektemirning revanshi


Rio Olimpiadasining bugungi, 20 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan bahslarida 75 kg vazn toifasida O‘zbekiston bokschisi Bektemir Meliqo‘ziyev final uchrashuvida kubalik sportchi Lopez Arlen bilan ringga ko‘tariladi.

>>> Batafsil.  

Zamonaviy beton


Beton eng keng tarqalgan qurilish materiallaridan biri bo‘lsa-da, u bir yomon xususiyatga ega. U vaqt o‘tgani sari juda qurib ketadi, darz ketadi va natijada kuchli bosim ostida sinishi mumkin.

>>> Batafsil.

Finlyandiyada mini avtobuslar


Finlyandiya poytaxti elektr quvvati yordamida harakatlanadigan ikki yangi haydovchisiz avtobuslarni qo‘lga kiritdi.

>>> Batafsil.

Samolyot bortidagi tug‘uruq


Gohida chaqaloqlar yorug‘ dunyoga kelishga shu darajada shoshilishadiki, to‘lg‘oq jarayoni istalgan payt, istalgan joyda ro‘y berishi mumkin. Aynan shu holat Dubaydan Manilaga parvoz qilayotgan samolyot bortida tug‘ilgan Xeyven ismli qiz bilan sodir bo‘ldi.