Rio-de-Janeyro şahridagi «Makdonalds» restorani sportçilar uçun taomnomadagi yeguliklar sonini 20tagaça qisqartirdi, deb yozmoqda Britaniyaning Daily Mail naşri.

Qayd etilişiça, bunday çoralar buyurtmani yetkaziş vaqtini qisqartiriş maqsadida amalga oşirilgan. Çunki, köplab sportçilar bir neça soatlab navbat kutişga majbur bölişmoqda. 

Naşrning yozişiça, bepul taom uçun navbatda turganlar safi tonggi soat beşda futbol maydoni uzunligiga deyarli teng böladi. Şu bilan birga, sportçilarning har qanday havoda safda turişdan tap tortmasligi e'tirof etilgan. 

Sportçilarning sözlariga köra, Olimpiya qörğonidagi kafeda berilayotgan taomlar unçalik ham yaxşi emas, şu boisdan ular doimiy ravişda «Makdonalds»ga borişmoqda. Bundan taşqari, ular uzoq oylardan beri davom etgan maşğulotlar va parhezlardan söng, birmunça «befoyda taom» iste'mol qiliş zarar qilmasa kerak, degan fikrda.