Meksika hukumatining ma'lum qilişiça, mamlakat narkobaroni Xoakin Gusmanning tönğiç farzandi, 29 yaşar Xesus Alfredo Gusman "Sinaloa" guruhining beş nafar a'zosi bilan birga boşqa bir jinoiy guruh – “Xaliskoning yangi avlodi” tomonidan öğirlab ketilgan.

Voqea 16 avgust kuni, Puerto Valyarta kurort şahrining restoranlaridan birida sodir bölgan.

Boş prokuror Eduardo Almager jurnalistlarga aytişiça, töplangan fakt va dalillar Xesus Gusman olib qoçib ketilganlar orasida ekanligini körsatmoqda.
Meksikada eng yirik narkokartel hisoblangan Xoakin Gusmanning tönğiç öğli Xesus kartelning yuqori darajali a'zolaridan biri hisoblanib, AQŞda qidiruvga berilgan.