Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 iyundagi «Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma beş yillik bayramiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida»gi Qarori ijrosini ta'minlaş, «Gözal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, Özbekistonim!» degan ezgu ğoya asosida viloyatimizdagi kam ta'minlangan oilalar farzandlari qalbida Vatanga nisbatan faxr va iftixor tuyğularini yanada kuçaytiriş, istiqlol yillarida erişilgan şonli yutuqlarimizning mazmun - mohiyatini keng tuşintiriş işlari olib borilmoqda. Şu maqsadida «Namangan yoşlar markazi» taşabbusi bilan Viloyat hokimining çora -tadbirlar rejasiga asosan, şahar tuman hokimliklari, viloyat içki işlar boşqarmasi, Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi, viloyat Madaniyat va sport işlari boşqarmasi, viloyat Xalq ta'limi boşqarmasi, «Kamolot» YoIH viloyat Kengaşi, «Mahalla» xayriya jamoyat fondi viloyat bölimi boşqaruvi, Özbekiston MK «Vatanparvar» taşkiloti viloyat Kengaşi va bir qator taşkilotlar, OAV vakillari iştirokida joriy yil 16 avgust kuni Namangan şahrining diqqatga sazovor hududlari böylab «Mustaqillik sayohati» loyihasi yuqori saviyada ötkazildi.

Loyiha iştirokçilari viloyatimiz yoşlarining sevimli maskaniga aylangan «Namangan yoşlar markazi»da tantanali ravişda kutib olindi.

Şundan söng yurtimizda işlab çiqarilgan 25 ta “Captiva” rusumli zamonaviy avtomobillarda sayohat boşlandi.

Loyiha doirasida istiqlol yillarida bunyod etilgan mahobatli inşootlar hamda ularda yoşlarning çinakam barkamol bölib ulğayişlari uçun yaritlgan qulay şart-şaroitlar bilan iştirokçilarni yaqindan taniştiriş maqsadida “Navbahor” markaziy öyingohi, «Kiçkintoylar boği» hamda viloyat Ölkaşunoslik muzeylariga avtosayohat taşkil etildi.

Iştirokçilarni madaniy hordiq çiqarişlari uçun sayohat yakunida «Namangan yoşlar markazi» katta zalida viloyatimizning iste'dodli san'atkorlari tomonidan Vatanimizni madh etgan kuy-qöşiqlar, bayramona şöx taronalar hamda qiziqarli sahna körinişlari yiğilganlar tomonidan zavqli raqslar va guldiros olqişlar bilan qabul qilindi. Faol iştirokçilar tantanali ravişda taşkilotçilar tomonidan joriy etilgan diplom va sovğalar bilan taqdirlanişdi.

Loyihaga jalb etilgan 100 nafardan ortiq yoşlarning qalbida yorqin taasurotlar va zavqli lahzalarni muhrlay olgan «Mustaqillik sayohati» ana şunday yuqori saviyada öz nihoyasiga etdi.