Ötgan haftada Angliya premer-ligasining yangi mavsumi boşlandi. "Tribuna.uz" 1-tur yakunlariga köra ötkazilgan 10 uçraşuvda esda qolarli lahzalarni saraladi.
1. "Hall-Siti" jamoasi 2012 yildan buyon ilk marta ilk uikendni ğalaba bilan boşladi.

2. 1953-54 yillar mavsumidan buyon ilk marta amaldagi çempionlar va ikkinçi örin sohiblari yangi mavsumning ilk turidayoq yutqazişdi. "Lester" safarda mavsum debyutanti "Hall-Siti"dan yengilgan bölsa, ötgan mavsumni ikkinçi örinda yakunlagan "Arsenal" öz uyida "Liverpul"ga yutqazdi.

3. "Mançester Siti" darvozasini işğol etgan tajribali hujumçi Jyermeyn Defo APLning 16 mavsumida gol urgan futbolçiga aylandi. Defo premer-liga tarixida 16 mavsumda gol urgan sakkizinçi futbolçi böldi. Bu natijani qayd etganlarning faqat 3 nafari seriyani davom ettirgan: Rayan Giggz 21ta, Pol Skoulz 19ta, Frenk Lempard esa 18ta mavsumda gol urgan.

4. Ibrahimoviç A Seriya, La Liga, Liga 1, YeÇL va APLdagi ilk öyinlarida gol urgan yagona futbolçi böldi. U yangi jamoasi safida mavsumning ilk öyinida "Bornmut" darvozasini işğol etdi.

5. "Bornmut"ga qarşi öyinning ikkinçi bölimida zaxiradan maydonga tuşirilgan Henrix Mxitaryan APLda öynagan ilk armanistonlik futbolçiga aylandi. U şu bilan birgalikda APLda maydonga tuşgan 112-millat vakili hisoblanadi.

6. Turning eng samarador futbolçisi "Liverpul" yarim himoyaçisi Felipe Koutino böldi. U "Arsenal" darvozasini ikki bor işğol etib, Manening goliga pas berdi va "fentezi"da 15 oçko işladi.

7. Xosep Gvardiola APLda debyut qildi va bu debyutni ğalaba bilan ötkazdi. "Sanderlend" öyin oxirida urilgan gol evaziga 2:1 hisobida taslim etildi.
















