BMTning inson huquqlari böyiça oliy komissari Zayd Raad al-Husayn rasmiy Dehli va Islomobodning mustaqil kuzatuvçilarga Hindistonning Jammu va Kaşmir ştati hamda Kaşmirning Pokiston nazoratidagi hududiga kirişlari uçun ruxsat bermayotganidan afsus bildirgan. 

"Men vakillarimizni kiritişlarini yana bir marta iltimos qilaman", - deyiladi uning Jyenevada e'lon qilingan bayonotida. 

"Men iltimoslarimiz qanoatlantirilmaganidan çuqur afsusdaman", - degan al-Husayn. 

U, "haddan ortiq kuç işlatilişining jiddiyligi, zöravonliklarning davlat tomonidan qöllab-quvvatlanayotgani hamda köp insonlarning öldirilgani va jarohatlangani" haqida söz yurtgan. Bundan taşqari, mintaqada kunda-kunora yuz berayotgan turli xil tartibsizliklar va köngilsizliklarni yodga olgan. 

"Şunday açinarli vaziyatda, mintaqa davlatlarining mustaqil kuzatuvçilarga mintaqada nazorat ötkazişlarini taqiqlaşi, açinarli va afsuslanarli holatdir", - deb ta'kidlagan BMT oliy boş komissari.