Iyulda Xitoyda 1,6 mln avtomobil sotildi, bu esa ötgan yilning şu davridagi körsatkiçdan 26,3 foizga köproqni taşkil qildi. Bu haqda Xitoy avtomobilsozlar uyuşmasi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda "Avtostat" agentligi ma'lum qildi.
Joriy yilning 7 oyi mobaynida Xitoy avtobozorida 12,65 mln ta maşina sotilgan.
Tuşuntirilişiça, avtomobillarga talabning oşişiga işçi hajmi 1,6 litrgaça bölgan dvigatelli yangi maşinalarni sotib olişga soliqning 2 barobarga kamaytirilgani sabab bölgan.
Xitoyda iyuldagi savdolarda eng köp ösişni körsatgan avtokompaniyalar Volkswagen (285,9 ming avtomobil, 16 foiz ösiş) va General Motors (270,5 ming avtomobil, 18 foiz ösiş) bölgan.
Xitoy avtomobilsozlar uyuşmasida joriy yilda Xitoy avtobozori ötgan yilga nisbatan 6 foizga ösişi prognoz qilinmoqda. 2015 yilda Xitoyda 21,15 mln ta maşina sotilgandi.












