Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 17 avgust kuni Oqsaroyda Koreya Respublikasi davlat boşqaruvi va içki işlar vaziri Xon Yun Sukni qabul qildi. Bu haqda ÖzA xabar berdi.
Davlat rahbari mehmonni mamlakatga taşrifi bilan qutlab, Özbekiston Koreya Respublikasi bilan strategik şeriklik munosabatlarini yuksak qadrlaşini va bu munosabatlarni yanada mustahkamlaşga alohida e'tibor qaratişini ta'kidladi. Islom Karimov uşbu taşrif özaro manfaatli hamkorlikni, ayniqsa, davlat boşqaruvini yanada takomillaştiriş va «Elektron hukumat»ni joriy etiş sohasidagi aloqalarni kengaytirişda muhim ahamiyat kasb etişiga işonç bildirdi.
Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening 2014 yil iyun oyida Toşkentga va Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015 yil may oyida Seulga davlat taşriflari mamlakatlar örtasidagi keng kölamli hamkorlikning har tomonlama, avvalo, iqtisodiy sohada izçil rivojlanişiga yangi sur'at bağişladi. Uşbu taşriflar yakuniga köra yuzdan ortiq hujjat, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy sohalarda hamkorlikka oid umumiy qiymati 9,5 milliard AQŞ dollaridan ziyod bölgan bitimlar imzolangan.

Janubiy Koreya Özbekistonning asosiy investitsiyaviy va texnologik hamkorlaridan. Özbekistonning köp yillik işonçli şeriklari — Janubiy Koreyaning GM Korea, Korean Air, KOGAS, Lotte, GS, Posko Daewoo, Samsung, Shingdong, Kolon kabi yetakçi kompaniyalari bilan hamkorlikda neft-gaz, elektrotexnika, töqimaçilik sohalari, quriliş materiallari va farmatsevtika preparatlari işlab çiqariş borasida yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oşirilgan va bu hamkorlik izçil davom etmoqda.
Koreya Respublikasining Özbekiston iqtisodiyotiga yönaltirgan töğridan-töğri investitsiyalari hajmi 7 milliard dollardan oşdi. Mamlakatda Janubiy Koreya investitsiyasi iştirokida taşkil qilingan 440 korxona faoliyat yuritmoqda, 77 kompaniyasi vakolatxonalari oçilgan.
Koreya Respublikasi Boş vaziri Xvan Gyo Anning joriy yil may oyida Özbekistonga taşrifi çoğida Surğil koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasi oçilgani va bu zavod mamlakatlar örtasidagi investitsiyaviy hamkorlikning amaldagi ifodasi bölganini alohida ta'kidlaş darkor.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik doirasida Janubiy Koreyaning texnik kömagida Özbekiston Respublikasida «Elektron hukumat» tizimini joriy etiş, uşbu soha mutaxassislarini öqitiş va malakasini oşiriş böyiça loyiha hayotga tatbiq etildi. LG CNS kompaniyasi bilan 2014 yil iyun oyida imzolangan hamkorlik töğrisidagi memorandumga muvofiq taşkil etilgan «LG CNS Özbekiston» qöşma korxonasi «Elektron hukumat» tizimi hamda mamlakat iqtisodiyotining real sektori uçun axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar işlab çiqiş borasida faoliyat yuritmoqda.











