Avstraliyaning Melburn şahri dunyodagi yaşaş uçun eng yaroqli şahar deb topildi. Bu haqda Economist Intelligence Unit reytingiga asoslangan holda CNBC xabar tarqatdi.
Ekspertlar bir qator mezonlar böyiça 140ta şaharni baholaşgan. Xususan, soğliqni saqlaş sohasi, ekologik holat, ta'lim sohasidagi vaziyat. Yuqori önlikdagi 6ta şahar Avstraliya va Kanadada joylaşgan.
Ikkinçi örinda Vena (Avstriya), uçinçi örinda – Vankuver (Kanada). Keyingi örinlarni Toronto, Kalgari (ikkisi – Kanada), Adelaida va Pert (ikkisi – Avstraliya) egallagan.
Sakkizinçi poğonani Oklend (Yangi Zelandiya) egallagan bölsa, kuçli önlikni Xelsinki (Finlyandiya) va Hamburg (Germaniya) yakunlagan.
Bundan oldinroq, Monocle naşri talqiniga köra, Tokio şahri dunyoning yaşaş uçun eng yaxşi şahri ekani ma'lum bölgandi.












