Ijtimoiy tarmoqlarda öz sahifalariga ega bölgan va öziga xos bölmagan jihatlarini namoyiş qilişga urinuvçi kişilar, hayotda asabiylikka va yolğiz turmuş keçirişga moyil insonlardir. Tasmaniya Universiteti Facebook ijtimoiy tarmoğida olib borgan tadqiqotlariga köra, şunday xulosaga kelişgan. Ularning mehnati Cyberpsychology, Behavior, and Social Networking jurnalida çop etilgan.

Olimlarning sözlariga köra, ularning maqsadi ijtimoiy tarmoqda kişi özining aksini namoyiş etişining oqibatini baholaşdan iborat bölgan. Mualliflar foydalanuvçilarning haqiqiy va virtual şaxsiyatlarini, ularning jamoatçilik bilan birga hayot keçiriş va ruhiyatini qiyoslaşgan, şu bilan birga, asabiylik, tuşkunlik va vahimaga tuşiş darajalari örganilgan. Tadqiqotlarda 164 kişi qatnaşgan. 

Bugungi kunda Yer yuzida 7,4 mlrd inson yaşayotgan bölsa, şundan 1,7 mlrdi  Facebook tarmoğining faol foydalanuvçisi hisoblanadi. Olimlarning aytişlariça, agar ijtimoiy-ruhiy muammolarga ega bölgan kişilarga hayotda va Facebook sahifasida ham birdek yaşaş imkonini beruvçi usul işlab çiqilsa, bu asabiylik darajasini pasaytirişga imkon bergan bölar edi.