Robert Redford özining uzoq yil davom etgan ijodi davomida deyarli barça nufuzli mukofotlarni qölga kiritdi: ikkita «Oskar», ikkita «Oltin globus», uçta BAFTA, san'atdagi uzoq yillik ijod, kasbga sadoqat, qadr-qimmat uçun köplab sovğalar va v.h. Redford Kaliforniyada sut işlab çiqaruvçilar oilasida dunyoga keladi va 50 yillar oxirida Nyu-Yorkga ketadi va u yerda aktyorlik faoliyatini boşlaydi: Brodveylardagi bir neça sahna körinişlarda iştirok etadi.

Uning kino olamidagi ilk muhim işi 1962 yili sodir böladi – Redford «Jang maydonidagi ov» filmida koreya uruşi askarini gavdalantiradi. Şu ondan boşlab uning aktyorlik faoliyati gurkirab rivojlana boşlaydi. 60 yillar oxiriga kelib u amerika kinosining afsonasiga aylanadi.

1981 yilda Redford rejissyor sifatida özining ilk işini taqdim etadi va aynan şu tariqa u özining ilk «Oskar»ini qölga qiritadi.