Fransiyaning Tuluzasida gambiyalik noqonuniy muhojir deportatsiyaga tuşmaslik uçun pasportini yeb qöydi. Bu haqida La Depeche ma'lum qildi.
Manbaga köra, 34 yoşli Bubakar Fransiyadan boşpana izlagan, biroq buning örniga hibsga olinib, deportatsiya uçun Tuluza aeroportiga yetkazilgan. Muhojir şu qadar uyiga qaytgisi kelmaganidan, çegara nazoratidan ötayotgan vaqtda hujjatlarni körsatiş söralganda pasportidagi ma'lumotlar berilgan sahifalarni yirtib, ularni yutib yuborgan.
Şundan söng u politsiya xodimlari bilan ziddiyatga borgan va buning natijasida havo kemasi kapitani uni bortga çiqarişga izn bermagan. Bubakar ikki oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Jazo muddati nihosiga yetgaç, u baribir Gambiyaga deportatsiya qilinişi kerak böladi.












