Instagram ijtimoiy tarmoği "Qidiruv va qiziqarli" (Explore) bölimida yangi videokanalni işga tuşirdi. "Voqealar kanali" (Events Channel) bölinmasiga kira turib, foydalanuvçilar yaqin atrofda sodir bölayotgan sport öyinlari, konsertlar va boşqa yirik tadbirlarning translyatsiyasini tomoşa qilişlari mumkin.
Inset tarkibi foydalanuvçining şaxsiy afzalliklari böyiça belgilanadi. "Postlar siz qaysi insonlar sahifasiga a'zo bölganingizga yoki sizga qanday postlar yoqişi hisobiga avtomatik tarzda tanlanadi. Şuningdek, bizning fikrimizga köra, sizga manzur keladigan mavzular böyiça qölda yoki avtomatik tanlab olingan turli akkauntlarning postli videokanallarini ham tomoşa qilişingiz mumkin", — deb yoziladi Instagram'da.
Personallaştirilgan video töplam avvaliga faqat AQŞda foydalanişga topşiriladi. "Tez orada" u boşqa mamlakatlarda ham yölga qöyiladi, deb va'da beradi kompaniya.
Iyul oyida Instagram personallaştirilgan "Bu videolar sizga yoqadi" kanalini işga tuşirdi . "Tavsiya qilingan kanallar"dagi roliklar turli mavzular böyiça guruhga ajratilgan (Riodagi Olimpiada öyinlari 2016, Kann kinofestivali, Coachella musiqa festivali, Yangi yil va boşqalar).












