Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning bayonot berişiça, mamlakatning davlat hokimiyatini ağdariş maqsadida töntariş amalga oşirilgudek bölsa, u turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdöğandan ham köra jiddiyroq çoralar körişga tayyor, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
«Agar muxolifat davlat töntarişiga urinsa, Turkiyada amalga oşirilgan çoralar biz qöllaydiganlarning oldida “holva” bölib qoladi», — deb aniqlik kiritgan Maduro.
Siyosatçining fikriça, Venesuela halqi bunday vaqtda davlat töntarişiga qarşi turiş va mamlakatda tinçlikni saqlab qoliş uçun birlaşadi.
«Mening ogohlantirişim şunday: agar mamlakatda öng kuçlar tomonidan töntarişga uriniş sodir bölsa, men qonunlarni şunday qöllaymanki, bundan avval, bunaqasini uçratişmagan bölişadi», — degan prezident.
Maduroning qayd etilişiça, u siyosat yuritişda AQŞ va Amerika davlatlari taşkiloti fikri bilan hisoblaşiş niyatida emas.
Avvalroq, Braziliya taşqi işlar vaziri Xose Serra Venesuelada hozirgi davlat rahbari Nikolas Maduroning iste'fosi uçun referendum ötkaziş taklifini bildirgan edi.













