Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvilining rafiqasi Sandra Rulovs mamlakat parlamenti deputatligiga saylanmoqçi. U 8 oktabr kuni ötkaziladigan saylovda öz nomzodini qöyişi haqidagi qarorini bugun Kortsxeli qişloğida (Zugdid tumani) "Yagona milliy harakat" partiyasining sobiq rahbarlari hamkorligida mahalliy aholi bilan uçraşuvi vaqtida ma'lum qilgan.
Rulovs Gruziyaning hozirgi hukumatini tanqid qiluvçilardan bölib, keyingi yillarda mamlakat turğunlikni boşdan keçirayotganini qayd etadi.
"Bunday vaziyatda qöl qovuştirib, uyda ötirişni istamayman. Köplar siyosatga aralaşmasligim kerakligini aytişmoqda, lekin men uçun Gruziyaning taraqqiyoti muhimroq va men parlament saylovlarida qatnaşmoqçiman", degan u.
Rulovs 1968 yilda Niderlandiyaning Terneuzen şahrida dunyoga kelgan bölib, Bryussel davlat iqtisodiyot universitetining tarjimonlik fakultetini tamomlagan. U ğarb tillaridan taşqari, rus va gruzin tillarini puxta egallagan. 1993 yili Strasburgdagi tahsil vaqtida u bölajak turmuş örtoği Mixail Saakaşvili bilan tanişadi va ular 1994 yilda turmuş qurişadi. 2008 yilda Rulovs Niderlandiya fuqaroligini saqlab qolgan holda Gruziya fuqaroligini qabul qilgan. Rulovs va Mixail Saakaşvilining oilasida 2 farzand dunyoga kelgan: 21 yoşli Edvard va 11 yoşli Nikoloz. Keyingi yillarda u kiçik öğli bilan Tbilisida istiqomat qilmoqda, katta öğil esa AQŞda tahsil olmoqda.
Saakaşvili 2004-2013 yillarda Gruziya prezidenti bölgan, keyin AQŞga köçib ötgan. Ötgan yilning may oyida u Ukraina fuqaroligini qabul qilib, Odessa viloyati gubernatori etib tayinlangandi. 2014 yilda Gruziyada Saakaşviliga bir qator jinoyatlar uçun sirtdan ayblov qöyilgan, 2015 yilda u Gruziya fuqaroligidan mahrum etilgan.

















