Gruziyaning sobiq prezidenti, Odessa oblasti sobiq-gubernatori Mixail Saakaşvili 31 may kuni Ukrainaga qaytişi mumkin, deb xabar berdi "Strana.ua" naşri öz manbasiga tayanib.

"Saakaşvili uşbu hafta oxirigaça, ehtimol juma kuniyoq Ukrainaga qaytmoqçi", - deyiladi xabarda.

Manbaning bildirişiça, Saakaşvili navbatdan taşqari parlament saylovlari oldidan özining "Yangi kuçlar harakati" partiyasi faoliyatini yölga qöymoqçi. 

"Hozirda Zelenskiy Poroşenkoning Saakaşvilini fuqarolikdan mahrum qiliş töğrisidagi farmonini bekor qiliş ehtimoli bor", - degan manba.

Poroşenko 2017 yil iyulida Saakaşvilini Ukraina fuqaroligidan mahrum qilgandi.

Ukrainada bölib ötgan prezidentlik saylovlaridan söng Saakaşvili mamlakatga qaytişga qaror qilganini bildirdi.