Tbilisi sudi Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili, sobiq boş vazir Vano Merabişvili, IIVning sobiq xodimi Erekle Kodua hamda IIV va moliya vazirligi sobiq deputat Valeriy Gelaşviliga ma'naviy va moddiy zararni qoplaş uçun 215 ming lari (77 ming dollar) tölaşi töğrisida hukm çiqardi. Bu haqda jabrlanuvçining advokati ma'lum qildi.

Gelaşvili 2005 yil iyunda şafqatsizlarça kaltaklangandi. Prokuratura ma'lumotiga köra, u gazetalardan birida mulki olib qöyilganligi va bunda öşa paytdagi prezident Saakaşvili aybdor ekanligi töğrisida maqola yozganidan söng kaltaklangan. 

Saakaşvili deputatni jazolaşni öşa paytdagi içki işlar vaziri Merabişviliga buyurgan. IIV va moliya vazirligi xodimlari buyruqni bajarişgan.

"Valeriy Gelaşvili kaltaklangan çoğida unga moddiy zarar yetkazilgan. Uning yonida bölgan 10 ming dollarga yaqin puli yöqolgan, brilliant uzugini tortib olişgan. Bundan taşqari, biz suddan unga yetkazilgan ma'naviy zarar ham tölanişini söradik", - dedi Kojoridze.

Gelaşvilining işi böyiça Saakaşvili 2018 yil iyunda sirtdan olti yilga, Merabişvili 2016 yil avgustda olti yil töqqiz oyga ozodlikdan mahrum etilgandi. Ulardan taşqari, Gruziyadan çiqib ketgan Merabivşili va IIVning yana bir xodimi Giya Siradze sirtdan töqqiz yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.