Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroşenko 2014 yilda Qrim ustidan suverenitetni Ukrainaning Yevropa ittifoqi va NATOga kirişiga «almaştirişni» möljallagan. Bu haqda Gruziyaning sobiq prezidenti va Odessa oblastining sobiq gubernatori Mixail Saakaşvili jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida aytdi.

«Öşa voqealar yuz berganida (2014 yil fevral-martidagi voqealar) men Pyotr Poroşenko bilan gaplaşdim. U menga: "Bilasanmi, Mişa, sen Janubiy Osetiya va Abxaziya heç qaçon Gruziyaga qaytmasligi haqidagi fikrga könikding — biz ham xuddi şu singari Qrim endi Ukrainaniki bölmasligi, ammo uni Yevroittifoq va NATOga a'zolikka almaştirişga könikişimiz kerak böladi", dedi», — dedi Saakaşvili.

«Men unga: “Petya, Petro, birinçidan, bizning hududlarimiz Gruziyaniki bölmasligi haqidagi fikrga könikkanligimni kim aytdi? Ular tez orada bizniki böladi. Biz ularsiz Gruziyani tasavvur qilolmaymiz, buning uçun oxirigaça kuraşamiz”, dedim», — deb xotirlagan sobiq prezident.

Şuningdek Saakaşvili Poroşenko nima uçun Kiyev Qrimni qaytarib olişga harakat qilmasa Ukrainani Yevroittifoq va NATOga qabul qilişadi deb öylayotganiga qiziqqan.

«Bu sizlarni qabul qilmaslik uçun sabab böladi», — degan u.

Söngra, deb xotirlagan Saakaşvili, Poroşenko Qrimga yöl oldi, ammo «ança keç bölgandi». 

«Bu unçalik yaxşi safar bölmadi. Ammo unga qoyil qoliş kerak – u yerga borişdan qörqmadi. Ammo uning yakuniy xulosasi şunday edi — nima farqi bor, Qrim baribir ketadi. Buning ustiga, aksariyat ukrain aslzodalaridan Qrim baribir ketadi, Qrim baribir bizniki bölmaydi degan sözlarni köp marta eşitgandim », — deb qöşib qöygan u.

Qrim 2014 yil martda ötkazilgan referendumdan söng Rossiya tarkibiga kirgan. Kiyev yarimorolni öz hududi deb hisoblaşda davom etmoqda.