10-17 avgust kunlari Sitsiliya böğozida Örta yer dengizi orqali Yevropa mamlakatlariga yetib olişga harakat qilgan 730dan ortiq muhojir va qoçqin, ya'ni kuniga örtaça 100 kişi qutqarib qolindi. Bu haqida Xalqaro migratsiya taşkilotining (XMT) rasmiy vakili Joel Millman xabar qildi. 

"XMT ma'lumotlariga köra, 17 avgust holatiga 266 026 muhojir dengiz orqali Yevropaga yetib kelgan", - deya ta'kidladi u, ularning aksariyati Gretsiya va Italiyaga yöl olgani ma'lum qilindi. 

Millmanning aytişiça, yil boşidan buyon kelgan kişilarning umumiy soni 2015 yilning xuddi şu paytiga nisbatan (354 618)  kamroq. Biroq yölda halok bölganlar soni ötgan yilgi körsatkiçlardan ötib ketgan: 2016 yilning 1 yanvaridan 18 avgustiga qadar Örta yer dengizida 3 156 nafar kişi çökib ketgan yoki bedarak yöqolgan, ötgan yili esa bu körsatkiç 2 333 kişidan iborat bölgan. 

Berlinda joylaşgan XMT tahlil markazi ma'lumotlariga köra, sönggi bir neça kun içida dengizda Liviya qirğoqlarida tört nafar,  yil boşidan beri esa - umumiy hisobda 333 nafar çökib ketgan kişining jasadi topilgan.

XMtda ta'kidlanişiça, dengizga çökib ketgan kişilar soni bundan-da köproq bölişi mumkin.