Yamaykalik sprinter Useyn Bolt Riodagi Olimpiadada Yamayka terma jamoasi safida 4x100 metr estafeta yugurişida töqqizinçi Olimpiya oltin medalini qölga kiritdi.

Yamaykalik sprinterlar Asafa Pauell, Yoxan Bleyk, Nikel Aşmid va Boltning natijasi 37,27 soniyani taşkil qildi. Şuningdek, dastlabki bosqiçda yugurgan Jyevon Minzi va Kemar Beyli-Koul ham oltin medal oladilar. Marraga ikkinçi bölib yaponiyaliklar (37,60), uçinçi bölib amerikaliklar (37,62) yetib kelişdi.