Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan Namangan viloyatida «Gözal va betakrorimsan muqaddas vatanim, jonim senga fido,Özbekistonim» şiori ostida Namangan viloyatida bir qator ijobiy tadbirlar taşkil etib kelinmoqda.
Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi «Vatanparvar» taşkiloti Namangan viloyat kengaşi tomonidan taşkil etilayotgan tadbirlar alohida e'tiborga molik. Kengaşning taşabbusi va bevosita rahbarligida Özbekiston Respublikasi mustaqilligini himoya qiliş yölida jonini fido etgan harbiy xizmatçi va içki işlar organlari xodimlarining farzandlari iştirokida Yangiqörğon tumanidagi 17-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida «Vatan fidoyi farzandlarni unutmaydi» şiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbir davomida ana şunday oilalar farzandlaridan 19 nafari iştirok etdi. Bolalar uçun madaniy dasturlar, sahna körinişlari, «Vatanparvar» taşkiloti sportçilarining körgazmali çiqişlari namoyiş etildi. Yoş öğil-qizlarning quvonçi ularning yuz közlaridan ham aks etib turibdi. Bolalarga «Vatanparvar» taşkiloti Namangan viloyat Kengaşining esdalik sovğalari topşirildi hamda ular bayram dasturxoniga taklif etildi.


Sodiqov Hamidullo
Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi
«Vatanparvar» taşkiloti Namangan viloyati
kengaşi raisi örinbosari,
Xumoyunmirzo Abdullayev










