Buyuk Britaniyaning Ğarbiy Sasseks grafligi hududida joylaşgan Selsey Academy nomli örta maktab hududida yirik yonğin çiqdi. Guvohlar ma'lumotiga asoslanib, Chichester Observer naşrining ma'lum qilişiça, hududda bir neça marta portlaş ovozlari eşitilgan.
Voqea joyida olingan kadrlarda köriş mumkinki, yonayotgan bino ustida quyuq tutun hosil bölgan. Yonğin maktabning 75 foizlik hududini qamrab olgan. Manba ma'lumotiga köra, yonğinni öçiriş işiga 70dan ortiq öt öçiruvçi jalb etilgan.
Hozirça hodisa sabablari aniqlanmadi.
Hukumat maktabga olib boruvçi yöllarni tösib qöydi. Mahalliy aholiga derazalarni oçmaslik (tutun kirmasligi uçun) tavsiya qilingan.

















