Facebook kompaniyasi Unity Technologies muhandislari iştirokida "kompyuterlar uçun mutlaqo yangi öyin platformasini" yaratiş ustida işlamoqda. Işlab çiqaruvçilar öz öyinlarini ortiqça qiyinçiliklarsiz Facebook.com va kompyuterga ötkazişga muvaffaq bölişdi. 

Tezkor eksport funksiyasi Unity'ning yangi versiyasida amalga oşiriladi. Kompaniya Unity 5.3 çeklangan alfa-versiyaga kiriş uçun arizalarni 31 avgust kuni qabul qiladi. 

Unity yordamida Monument Valley, Firewatch, Kerbal Space Program, Blind Forest, Superhot va Altös Adventure kabi xitlar yaratilgan.

Avval işlab çiqaruvçilar Facebook SDK uçun kodni qayta işlaşlariga töğri kelgan bölsa, endi ijtimoiy tarmoqning yangi platformasidan foydalanib, ular öz kaşfiyotlarini Facebook sayti va kompyuter ilovasida tezda joriy qilişlari mumkin.

Facebook'ning öyin platformasi kelajakni közlab yaratilmoqda. Birinçidan, u Oculus Rift VR-öyinlarini tarqatiş uçun dökon sifatida xizmat qilişi mumkin. Ikkinçidan, Facebook öziga yanada köproq işlab çiqaruvçilarni jalb qila oladi, zero platformaga har qanday öyinni eksport qiliş mumkin böladi.