Hindiston prezidenti Pranab Kumar Mukerji bir yarim oydan beri tartibsizliklar davom etayotgan Jammu va Kaşmir ştati parlamenti muxolifati delegatsiyasi bilan uçraşdi. Bu haqda prezidentning özi tvitterda ma'lum qildi.
Muxolifat delegatsiyasi rahbari, ştatning sobiq boş vaziri Umar Abdulla uçraşuvdan keyin hududdagi vaziyatni tartibga soliş uçun barça manfaatdor tomonlar bilan suhbat ötkaziş zarurligini aytdi.
"Jammu va Kaşmir siyosiy muammo, uni ma'muriy yöllar bilan hal qilib bölmaydi", deb aytdi uçraşuvdan keyin Abdulla.
Abdulla şuningdek Hindiston quruqlikdagi qöşinlarining Şimoliy qömondonligi boşliği general-leytenant D.S. Xudaning ştatdagi keskinlikni kamaytiriş uçun "barçaning orqaga çekinib, muzokaralar stoli atrofiga ötirişi lozimligi" haqidagi sözlarini ta'kidlab ötdi.
Xuda bu haqda 17 avgustda harbiylar Pulvama okrugidagi reyd davomida maktab öqituvçisini öldirganlaridan keyin aytdi. General erkak öqituvçi harbiylar qölidan ölganini tan olgan. U reydlar beruxsat ötkazilgani va uşbu holat tergov qilinişini aytgan.
Kaşmir vodiysida ormmaviy tartibsizliklar Hindistonda terrorçilik taşkiloti deb tan olingan "Xizb-ul-Mujahidin" guruhi faoli, 22 yoşli Burhon Muzaffar Vaniy yöq qilinganidan keyin boşlangan. Ixtilof davomida 66 kişi, jumladan 2 politsiyaçi halok bölgan, deyarli 8 ming kişi yaralangan.
Jammu va Kaşmir ştati köpçilik aholisi musulmonlar hisoblanuvçi Hindistondagi yagona ştat bölib, bu yerda mustaqillik yoki Pokistonga qöşiliş tarafdorlari bölgan ayirmaçilar harakat qiladi. Şu bilan birga Kaşmirda Hindiston va Pokiston örtasida rasmiy çegara yöq, ikki davlat armiyasini faqatgina nazorat çiziği ajratib turadi.











