Buyuk Britaniyada itning hamlasi natijasida halok bölgan 3 yoşli bolaning toğasi Facebook'dagi sahifasida oila a'zolarining tasvirlab bölmas darajada qayğuga botgani haqida söz oçadi. Bu haqida SkyNews xabar berdi. 

Dekster Nil 18 avgust payşanba kuni özining Holstiddagi (Esseks grafligi) uyi yaqinida itning hamlasiga yöliqqanidan söng şifoxonada hayotdan köz yumdi. 

Bolaning toğasi Eşli Kou Deksterni "qadrli jiyanim", deb atab, "biz hammamiz qay ahvolda ekanmizni söz bilan ifodalab bölmaydi", deydi. 

"Bu mening opam va uning turmuş örtoği uçun juda katta halokat, bunday vaziyatda ularga nima deyişni ham bilmayman".

Guvohlarning sözlariga köra, qonga burkalgan bolani onasi körib qolganidan söng itni sudrab ketişgan.

Qöşnilardan biri aqlidan ozay degan onaning közlarida yoş bilan bolasi oldida tiz çökib ötirganini, tez yordam xodimi esa Deksterni qutqarib qolişga urinayotganini körgan. Boşqa qöşnilar esa dahşatli qiçqiriqni eşitib, yordamga yugurişganini ma'lum qilişdi. Ularning barçasi qiçqiriq ança vaqtgaça eşitilib turganini ta'kidlaşdi. 

Itni nazoratdan çiqargani tufayli politsiya tomonidan  qölga olingan 29 yoşli ayol garov evaziga qöyib yuborilgan.

Ma'lum bölişiça, jonivor Buyuk Britaniyada taqiqlanmagan Amerika buldogi zotidan bölgan. Bolaning ölimiga sababçi bölgan qotil it politsiya tomonidan qölga olinib, maxsus qöriqxonaga joylaştirilgan. 

Manbaga köra, qutqaruvçilar yetib kelganida bolalar avtomobili va pol qonga burkangan bölgan.

Qöşnilar oğzi-burni qonga belangan oq itni uydan sudrab olib çiqilayotganining guvohi bölişgan. 

Şifoxona xodimlari qança harakat qilişmasin, afsuski  bolakayning hayotini saqlab qolişning iloji bölmadi.