Yaponiyadagi akvaparkda 8 kishi noma'lum shaxsning pichoq bilan qilgan hujumi oqibatida jarohatlangan. TASS agentligi xabarida keltirilishicha, hodisa Tokio shahri yaqinidagi Tokyo Summerland akvaparkda yuz bergan.

Mahalliy manbalar ma'lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchilar yoshi 19 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan qizlardir.

Ayni vaqtda voqea joyida politsiya bo‘lib turibdi, jinoyatchini qidirish ishlari olib borilmoqda.