AQŞning Dallas şahridagi (Texas ştati) Applebee's restoranida ofitsiantlik qiladigan 32 yoşli Keysi Simmons , keksa ayolga oğir damda dalda bölgani uçun ayolning qizi tomonidan 500 dollar çoyçaqa oldi.
ABC telekanalining mahalliy filiali ma'lum qilişiça, Simmons oziq-ovqat dökonida asabiylaşayotgan qari ayolni körib qoladi. U ayolning yoniga boradi va sotib olgan mahsulotlari uçun pul tölaydi.
Ertasi kuni esa Simmons işlaydigan Applebee's restoraniga bir ayol kirib keladi va menyuda bor eng arzon içimlik – 37 sent turadigan mevali suv buyurtma qiladi. Va aynan mana şu buyurtmasi evaziga unga 500 dollar çoyçaqa qoldiradi.
Saxiylik sababi qoldirib ketilgan daströmolda yozilgan edi. Çoyçaqani u ötgan kun yordam bergan ayolning qizi qoldirgan edi. Ayol onasiga yordam bergan bu odamdan minnatdor ekanligi, yonidan indamay ötib ketişi mumkin bölgan vaziyatda, unga mehribonçilik qilgan odamdan rozi ekanligini aytadi.
«Odamlarning kulayotganini körsam, özimni juda yaxşi his qilaman. Bu narsalar dunyoni yoritadi», — deydi Simmon.











