AQŞdagi qariyalar uyida yaşovçi ayol özining 104 yoşga tölgan kunini Nyu-York ştatidagi qamoqxonada nişonlaşni xohladi. Ayolning bu istagini amalga oşirişda mahalliy şerif yordam berdi, deb yozmoqda Sky News.

Loretta ismli ayol umrida heç qaçon bu kabi joylarda bölmagani uçun qamoqxonaga tuşişni orzu qilganini aytgan. Dastlab uning tuğilgan kuni qariyalar uyida nişonlandi, söngra ayolni qamoqxonaga olib borişdi.

Jazoni ijro etiş muassasasida Lorettaning barmoq izlari olindi, ekskursiya ötkazildi va bayram torti bilan mehmon qilindi. Tuğilgan kun sohibasi, şuningdek, kişanlarni közdan keçirib, sinab kördi, kameralarda, oşxonada, qöriqlaş postlarida va dispetçerlik markazida böldi. Ayol bayramni politsiya xodimlari, jumladan xizmat iti bilan nişonladi.

“U qamoqxonamizda vaqtini ajoyib ötkazdi”, – deya ma’lum qildi şerif idorasi özining ijtimoiy tarmoqlarida.

Avvalroq Yaponiyada dunyodagi eng keksa ayol sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Tomiko Itooka vafot etgandi. U 116 yoşda edi.