2020 yilgi Olimpiya öyinlari estafetasini Tokio qabul qildi. CNN naşrining ma'lum qilişiça, Tokioda robotlar sizlarni maydondagi örningizgaça kuzatib qöyadi, osmonda esa sun'iy meteoritlar şakllar yasaydi.

Maydonda esa an'anaviy yapon liboslarini kiygan yuzlab iştirokçilar harakatlanadi.

Atrofda sodir bölayotgan barça voqealar smartfoningizdagi köp tilli ilova orqali töğridan-töğri tarjima qilib turiladi. 

Bu ilmiy fantastikadek eşitiladi, lekin şu ğayrioddiy voqealarni Yaponiya hayotga tarğib qilmoqçi. 

2020 yilgi Tokio Olimpiya öyinlariga xuş kelibsiz - Yaponiya bu hodisa mamlakatning yuqori texnologiyalarini namoyon qilişi va mehmonlarni jalb qilişiga işonç bildirmoqda.

Yaponiyalik Sindzo Abening olimpiadaning yopiliş marosimida Super Mario öyini qahramoni timsolida paydo bölişi köp narsadan darak beradi. 

Yaponiya özining texnologik innovatsiyalari bilan butun dunyoda maşhur, şu bois Tokio 2020 taşkilotçilari texnik loyihalarni yölga qöyişni maqsad qilib qöyişdi. 

Odaiba tumanidagi (Tokio) Olimpiya qişloğida yaşovçi sayyohlar har qanday sohada yordam bera olişi mumkin bölgan robotlarni tanlab olişlari mumkin, ular eng yaxşi transport turlari, oziq-ovqat dökonlari va köngiloçar maskanlarga doir tavsiyalar berişadi. Bu siz robotlarni uçratadigan birgina joy emas. Robotlar hamma yerda, jumladan, mehmonxonalar va aeroportlarda ham xizmatingizda bölişi kutilmoqda.