Pokiston qurolli kuçlari Afğoniston bilan çegara yaqinida "Tolibon" jangarilariga qarşi amaliyotlar ötkazişga kirişdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bergan.
Quruqlikdagi qöşinlarni havodan HHK samolyotlari qöllab-quvvatlab bormoqda. Asosiy janglar Rajgal vodiysida, Asirlar yeri deb ataluvçi hududda bölib ötmoqda.
Avvaliga Xaybardagi töqnaşuvlar vaqtida 15 jangari yöq qilingani haqida xabar bergandi, keyinçalik bu raqam 31taga yetgan.
Reuters agentligining qayd etişiça, aniq sonlarni bilişning imkoni yöq, hududga kiriş yöllari yopib qöyilgan.
Islomoboddagilarning fikriça, bu hujum "Tolibon"ning Pokistondagi bölimini butunlay yöq qiliş bilan yakunlanadi. Bundan avvalroq pokistonlik harbiylar "Zarb-e-Azb", "Xaybar-1" va "Xaybar-2" nomli amaliyotlar ham ötkazilgandi. Bu amaliyotlar orqali yöq qilingan jangarilarning umumiy soni 2,7 ming nafardan ortgan.
Pokistondagi "Tolibon" - 2007 yilda taşkil qilingan terroristik taşkilot bölib, bu taşkilot jangarilari 2014 yilning 14 dekabrida Peşavordagi maktabga qilingan va 145 kişining ölimiga (asosan maktab öquvçilari) hujumdan keyin hukumat ta'qibiga uçradi.












