Rio-de-Janeyro olimpiadasi yakunlandi.

Özbekiston delegatsiyasi olimpiadaning oxirgi kunida 2ta oltin va 2ta bronza medalga ega böldi va jami medallari sonini 13taga yetkazib (4ta oltin, 2ta kumuş va 7ta bronza), umumiy reytingda 21-örinni egalladi.

Olimpiada 5 avgust kuni start olgandi, asosiy musobaqalar Rio-de-Janeyro şahrida keçdi, faqat futbol böyiça öyinlar turli şaharlarda ötkazildi.

Bu ilk marta Janubiy Amerika qit'asining Olimpiadaga mezbonlik qilişi böldi. Bu şuningdek 1968 yildagi Mexiko Olimpiadasidan keyin Lotin Amerikasi mamlakatida ilk marta Olimpiya öyinlari ötkazilişi böldi.

Olimpiadada 306ta medallar şodasi öynaldi, iştirokçi delegatsiyalar soni böyiça rekord natija qayd etildi - 206. Kosovo va Janubiy Sudan terma jamoalari ilk marta Olimpiada iştirokçisi bölişdi.

Olimpiadaning oxirgi kunida 12ta medallar jamlanmasi öynaldi.

Voleybol, erkaklar
1. Braziliya
2. Italiya
3. AQŞ

Yengil atletika, erkaklar, marafon
1. Eliud Kipçoge (Keniya)
2. Feyisa Lilesa (Efiopiya)
3. Galen Rapp (AQŞ)

Gandbol, erkaklar
1. Daniya
2. Fransiya
3. Germaniya

Basketbol, erkaklar
1. AQŞ
2. Serbiya
3. Ispaniya

Badiiy gimnastika, guruh maşqlari
1. Rossiya
2. Ispaniya
3. Bolgariya

Mauntinbayk, erkaklar, kross
1. Nino Şurter (Şveytsariya)
2. Yaroslav Kulgavi (Çexiya)
3. Karlos Koloma (Ispaniya)