2020 yilgi Tokio Olimpiadasi taşkilotçilari Tokioda ğolib sportçilar taqdirlanadigan medallar dizaynini taqdim qildi.

Har bir medalda şaxmat tartibida joylaştirilgan oq va indigo rangidagi törtburçaklardan iborat “itimatsu” an'anaviy naqşiga ega sferik şaklda bajarilgan Olimpiada emblemasi bor. Medalning orqa tomonida qadimgi yunon afsonalaridagi Nika ma'budasi tasviri tuşirilgan. Medallar dizayni Dzyun'iti Kavanisi tomonidan yaratilgan.

Olimpiya medallari 550 gramm kelib, qisman avval iste'molda bölgan elektronikadan tayyorlangan. Yaponiya hukumati şu maqsadda aksiya e'lon qilgan va uning davomida 79 tonnaga yaqin elektronika yiğilgan. Buning natijasida 32 kg oltin, 3,5 tonna kumuş va 2,2 tonna bronza olişga muvaffaq bölingan. 

Avvalroq 2020 yilgi Olimpiada va Paralimpiada ramziy timsollari Miraytova va Someyti degan nom olgani ma'lum qilingandi. Uşbu nomlar 2018 yil dekabridan 2019 yil fevraligaça Yaponiyadagi boşlanğiç sinflar öquvçilari orasida ötkazilgan ovoz beriş natijalariga köra tanlangan. 

Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgaça, Paralimpiadasi esa 28 avgustdan 6 sentyabrgaça bölib ötadi.