Kolumbiya Markaziy banki maşhur yozuvçi Gabriel Garsia Markes surati tuşirilgan pullarni muomalaga kiritdi.

50 ming peso qiymatdagi yangi pullar oç qizil tusda, deb xabar qilmoqda BBC telekompaniyasi.

Markes banknotda ikki marta tasvirlangan. Uning odatdagi portretidan taşqari, kupyurada yozuvçining atrofida kapalaklar aylanib yurgani ham aks ettirilgan. Bu uning "Yolğizlikning yuz yili" romaniga işoradir.

Yangi pul birligining tantanali taqdimot marosimi yozuvçi tuğilib ösgan departamentning ma'muriy markazi bölgan Santa-Marta şahrida ötkazilgan. 

1982-yilda adabiyot sohasida Nobel mukofotini qölga kiritgan yozuvçi Markes sirli realizmning asosçilaridan biri hisoblanadi. U, 2014-yili 87 yoşida hayotdan köz yumgan edi.