14 avgust kuni poytaxtimizdagi Alisher Navoiy nomli kinoteatrida “Musaffoni xarid qil va Chevrolet SPARK yutib ol” aksiyasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unga ishtirokchilar bilan birgalikda aksiyani boshidan oxiriga qadar qiziqish bilan kuzatib kelayotgan tomoshabinlar ishtirok etishdi.
Tadbir boshidan oxiriga qadar boshlovchilik vazifasida «O‘zbegim taronasi» radiokanali boshlovchisi Jahongir Shaxobiddinov bo‘lib, aksiya davomida turli kichik tanlovlarni uyushtirdi. Ushbu jarayon esa tomoshabinlarni tadbir oxiriga qadar qiziqish bilan kuzatishlariga sabab bo‘ldi.
Alohida aytib o‘tish joiz, aksiya tadbirining e'tiborga loyiq tomoni tashkilotchilar tomonidan aksiyaning haqqoniy tarzda o‘tkazilayotganligi, aniqrog‘i, ishtirokchilar umidi va harakatlarining zoye ketmasligiga jiddiy ahamiyat berilayotganligidir.
Qolaversa, boshlovchi Jahongir Shaxobiddinov ham birma-bir promo-kodlarni ekran orqali namoyish etib, har bir yo‘nalishlar bo‘yicha promo-kodlar egalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘ng‘iroqni amalga oshirib bordi.
Yo‘nalishlarda qo‘yilgan yutuq egalariga qo‘ng‘iroq qilib tushgan boshlovchi ularni tabriklab, yutuq sohibi bo‘lganligi, istagan paytda sovg‘asini olib ketishi mumkinligini aytdi.
Aktsiyaga taklif etilgan xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev ayni damda xit bo‘lgan taronalarini kuylab, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
“Alladin” iste'dodli bolalar guruhi tomonidan aksiyaning boshidan oxiriga qadar taqdim etilgan qo‘shiq va raqslar ham ko‘pchilikka manzur bo‘ldi.
Quyida sizni aksiya qoidalari bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan omadli ishtirokchilar bilan tanishtiramiz
Demak, 2016 yilning 15 martidan boshlangan “Musaffoni xarid qil va Chevrolet SPARK yutib ol”promo-aksiyasi tadbiri joriy yilning 14 avgust kuni o‘z nihoyasiga yetdi.
Yutuqlar esa o‘zining haqiqiy omadli egalariga nasib etdi!
Har bir g‘olib aksiyaning beshinchi bosqichida o‘rtacha 16 promo-kodni (4-bosqichda 18ta, 3-bosqich 18ta, 2-bosqich 16ta, 1-bosqich 11ta) faollashtirdi.
20 promo-kodni faollashtirgan ishtirokchilar elektr choynak (4-bosqichda 11ta, 3-bosqichda 19ta, 2-bosqichda 16ta, 1-bosqichda 11ta) sohibi bo‘ldilar.














