Edinburg hayvonot boğidagi qirol pingvin Norvegiya Qirollik gvardiyasining brigada generali böldi. Edinburgda bölib ötgan tantanali marosimda pingvinga şunday yuksak maqom topşirildi. Bu haqida VVS ma'lum qildi. 

Pingvinga Nils Ulaf deya nom berilgan. Edinburg qirollik paradining iştirokçilari pingvinga hurmat bajo keltirişdi, parad boşqaruvçisi Devid Elfrey esa uni lavozimi kötarilişi munosabati bilan tabrikladi. 

Bu Norvegiya Qirollik gvardiyasida xizmat qiluvçi va u yerda unvonga ega böluvçi uçinçi pingvindir. Unvonga qadar Nils Ulaf gvardiyaning faxriy polkovnigi va ramzi bölgan. Bundan taşqari, 2008 yilda u ritsarlikka qabul qilingan.

Manbaga köra, pingvin harbiy xizmatçilarni taniy oladi va ularni körganida doim quvonadi, e'tibor markazida bölganda esa huzurlanadi. Jurnalistlarning ta'kidlaşiça, nazorat paytida Nils safdagi gvardiyaçilarni diqqat bilan tekşiradi. 

Norvegiya Edinburg hayvonot boğiga birinçi qirollik pingvini 1913 yilda sovğa qilingan. 1972 yildan Edinburg hayvonot boğining pingvinlari Norvegiya Qirollik gvardiyasining ramziga aylanadi. Gvardiya har safar hayvonot boğiga kelganida pingvinlarga harbiy unvonlar beriladi. 

Gvardiya ramzi bölgan pingvin an'anaga köra, Nils Ulaf deb nomlanadi. Uşbu an'anani boşlab bergan Nils Egeliyen şarafiga pingvinlarga şunday ism beriladi.  Ulaf esa, Norvegiya qiroli - Ulaf V nomidan olingan.  

Birinçi Nils Ulaf 1987 yilda gvardiya serjanti sifatida hayotdan köz yumgan. Keyin ikkinçi Nils Ulaf tayinlangan, undan söng uçinçisi...Har bir pingvin avvalgisi qaysi unvonda jon bergan bölsa, öşa unvonda xizmatni boşlagan. Aynan şu sabab hozirgi Nils Ulaf brigada generali darajasigaça kötarilişga muvaffaq bölgan.