Şimoliy Koreya MDH hududida öz missiyalarini qayta körib çiqiş doirasida Özbekistondagi elçixonasini yopdi. Bu haqda "Yonhap" agentligi Toşkentdagi diplomatik manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Manba ma'lumotiga köra, Toşkentdagi Şimoliy Koreya elçixonasini yopiş qarori bir oy oldin qabul qilingan, bu qaror sabablari noma'lumligiça qolmoqda.

Şunday qilib, hozirda MDH davlatlari hududida Şimoliy Koreya diplomatik vakolatxonalari faqatgina Rossiya hududida faoliyat yuritmoqda: Moskvada elçixona, Sankt-Peterburgda boş konsulxona va Xabarovskda konsulxona.

Ma'lumot uçun, Şimoliy Koreya 1998 yilda Qozoğistondagi elçisini ortga çaqirib olgandi.